2-iyul – “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun

1992-yil 2-iyulda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, Davlat gerbi mamlakatimiz mustaqilligining muqaddas ramzi sifatida tasdiqlandi. Davlat gerbida xalqimizning tinchliksevarligi, bunyodkorligi, farovonlikka intilishi hamda milliy qadriyatlari o‘z ifodasini topgan. Uning har bir ramzi va tasviri chuqur ma’no kasb etib, Vatanga sadoqat va milliy g‘urur tuyg‘ularini aks ettiradi.
🔹Davlat ramzlarini hurmat qilish — har bir fuqaroning yuksak ma’naviy burchidir. Gerbimizga ehtirom ko‘rsatish Vatanimizga bo‘lgan hurmat va sadoqatning yorqin ifodasidir.



