Оnlayn statistika kursining 2-bosqichi yakunlandi

Joriy yilning 3–7-avgust kunlari Koreya Universiteti Atrof-muhit tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Xalqaro sog‘liqni saqlash strategiyalari markazi – KOICA va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi “2026-yil Excel dasturidan foydalanish bo‘yicha onlayn statistika ta’lim kursi”ning 2-bosqichi o‘tkazildi.
Trening Koreya universiteti Tibbiyot kolleji qoshidagi Tibbiy ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi ilmiy-tadqiqot professori Choi Hangseok tomonidan olib borildi.
Kursda epidemiologiya va sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan 56 nafar mutaxassis ishtirok etdi. O‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan 33 nafar tinglovchiga sertifikat topshirildi.
🗃Trening davomida
✔️ Statistika asoslari va Excel statistik vositalari
✔️ Uzluksiz (kontinuum) ma’lumotlarni tahlil qilish
✔️ Bitta va juft tanlanmalar uchun statistik testlar
✔️ Mustaqil ikki guruhni taqqoslash (Independent Samples t-test)
✔️ Dispersiya tahlili (ANOVA)
✔️ Korrelyatsiya va regressiya tahlili
✔️ Kohort hamda holat-nazorat (case-control) tadqiqotlarida regressiya tahlili bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berildi.
Mazkur kurs KOICAning “O‘zbekistonda kasallik yukini kamaytirish bo‘yicha yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etilib, soha mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.



