Malaka oshirish kurslari doirasida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazining “Gigiyena” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun Toshkent tibbiyot universitetida navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar sohaning yetakchi mutaxassisi, TTU Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi mudiri N.Ermatov tomonidan olib borildi. Unda bolalar va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish, gigiyenik talablar, profilaktika choralarini kuchaytirish hamda zamonaviy yondashuvlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar. Shuningdek, interaktiv savol-javoblar va muhokamalar orqali ishtirokchilarning faolligi oshirildi.
👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈



