“Biohimoya va bioxavfsizlik” mavzusida o‘quv-seminar

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan Sanepidqo‘mita Sirdaryo viloyati boshqarmasi shahar va tuman bo‘limlari mutaxassislari ishtirokida “Biohimoya va bioxavfsizlik” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminar davomida mutaxassislarga laboratoriya sharoitida uchrashi mumkin bo‘lgan biologik xavf omillari, infeksiya tarqalishining oldini olish choralari, shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda xavfli biologik materiallar bilan ishlash qoidalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, biologik chiqindilarni zararsizlantirish tartiblari ham tushuntirildi.
Tadbirda amalda qo‘llanilayotgan sanitariya-gigiyena talablari, milliy va xalqaro standartlar hamda favqulodda holatlarda harakat qilish algoritmlari ham muhokama qilindi.
Seminar interaktiv tarzda o‘tkazilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis-trenerlar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Bunday o‘quv-seminarlar soha xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, ish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash hamda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈



