Ilmiy izlanishlar va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan R&D seminari yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida “Ilmiy izlanishlar, innovatsiyalar, yangi bilim va texnologiyalarni yaratish hamda ularni amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini rivojlantirish” (R&D) mavzusidagi navbatdagi 3 bosqichli seminar yakunlandi.

Koryo universiteti hamda Sanepidqo‘mita o‘rtasidagi hamkorlikdagi “O‘zbekistonda kasalliklar yukini kamaytirish, yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan seminarda Sanepidqo‘mita, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi, Virusologiya ITI hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti mutaxassislari faol ishtirok etdilar.

5 kun davom etgan seminar doirasida Koreya Respublikasidan professorlar — Chxon Byonchol va Yun Yongkyon, shuningdek tadqiqotchi Kim Jiyon (epidemiologiya va yuqumli kasalliklar sohasi bo‘yicha) tomonidan yuqumli kasalliklarni boshqarish yo‘nalishida milliy tadqiqot salohiyatini mustahkamlash, ilmiy maqolalar yozish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari va amaliy treninglar o‘tkazildi.

Mazkur seminar mutaxassislarning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro tajribani o‘rganish hamda yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qildi.

👉SanepidRC 👈