GLLP ishtirokchilarining diplom himoyasi va loyihalari taqdimoti

Poytaxtimizda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamkorligida “Laboratoriya liderlari uchun global dastur” (GLLP) ishtirokchilarining diplom himoyasi va loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda JSST Yevropa mintaqaviy idorasining laboratoriya bo‘yicha ekspertlari ham ishtirok etdi.

Taqdimot marosimini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi direktor v.b. O‘.Yodgorov ochib, laboratoriya tizimlarida zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish va xalqaro hamkorlikning ahamiyatini ta’kidladi. U, shuningdek, treningning amaliy ahamiyati va GLLP dasturining laboratoriya rahbarlari uchun yaratgan imkoniyatlarini alohida qayd etdi.

Ikki kunlik trening davomida ishtirokchilar “Inson salomatligi” va “Atrof-muhit salomatligi” yo‘nalishlari bo‘yicha olgan bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda o‘z laboratoriyalaridagi real tajribalar asosida ishlab chiqqan diplom loyihalarini batafsil taqdim qilishdi. Har bir taqdimot muammoni tahlil qilish, yechimlar taklif etish va xalqaro talablarga mos boshqaruv yondashuvlarini qo‘llash bo‘yicha mahalliy laboratoriya rahbarlarining salohiyatini namoyish etdi.

Himoya jarayonida JSSTning Yevropa mintaqaviy idorasidan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar taqdimotlarni chuqur tahlil qilib, har bir loyiha bo‘yicha aniq savollar bilan berib, mavjud yondashuvlarning kuchli va zaif tomonlarini muhokama qilishdi.
Mutaxassislar tomonidan berilgan taklif va tavsiyalar ishtirokchilarning kelgusidagi amaliy faoliyatida laboratoriya boshqaruvini takomillashtirish, sifat standartlariga mos ishlash va xalqaro talablarni amaliyotga joriy etish uchun muhim yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi.

👉SanepidRC 👈