Sog‘liqni saqlash statistikasi bo‘yicha 3-bosqich ToT seminar-treningi muvaffaqiyatli yakunlandi

Avval xabar berilganidek, poytaxtimizda O‘zbekistonda kasallik yukini kamaytirish hamda yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga qaratilgan KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida sog‘liqni saqlash statistikasi bo‘yicha 3-bosqich “Training of Trainers” (ToT) seminar-treningi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Seminarda Sanepidqo‘mita, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda Toshkent davlat tibbiyot universitetining malakali mutaxassislari ishtirok etdilar.
Treningning asosiy maqsadi — sog‘liqni saqlash tizimida statistik ma’lumotlar sifati va monitoring jarayonlarini yaxshilash, mutaxassislarda analitik tafakkurni rivojlantirish, epidemiologik vaziyatni to‘g‘ri baholash hamda axborotlarni xalqaro talablarga muvofiq yuritish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Mashg‘ulotlar davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy va amaliy tajriba almashildi:
📌sog‘liqni saqlash statistikasi bo‘yicha zamonaviy nazariy bilimlar;
📌statistik va epidemiologik tahlil usullari;
📌raqamli axborot tizimlaridan samarali foydalanish;
📌yuqumli kasalliklar bo‘yicha indikatorlarni hisoblash va baholash.
Treningning muhim jihati shundaki, dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan mutaxassislar kelgusida hududlarda mahalliy trener sifatida faoliyat yuritib, statistika madaniyatini oshirish va tizim samaradorligini kuchaytirishga hissa qo‘shadilar.
Besh kun davom etgan mazkur ToT-trening yakuniga ko‘ra ishtirokchilarga KOICA loyihasi doirasida belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.
👉SanepidRC 👈



