Sog‘liqni saqlash statistikasi bo‘yicha 3-bosqich ToT bo‘lib o‘tmoqda

Poytaxtimizda O‘zbekistonda kasallik yukini kamaytirish va yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tizimini takomillashtirish maqsadida KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida sog‘liqni saqlash statistikasi bo‘yicha 3-bosqich Training of Trainers (ToT) kursi seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.
5 kun davom etishi rejalashtirilgan treningda Koryo universiteti professorlari An Xyon Chjin hamda Chi Xi Djon tomonidan ma’ruzalar o‘qilmoqda.
Trening Sanepidqo‘mita, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi va Toshkent tibbiyot universiteti mutaxassislarining statistik tahlil ko‘nikmalarini mustahkamlash va ulardan amaliyotda foydalanish bo‘yicha bilim va tajribasini oshirishga xizmat qiladi.
Trening davomida statistik ma’lumotlarni to‘plash, ularni tizimli ravishda tahlil qilish, indikatorlar asosida baholash kabi mavzular qamrab olinadi. Bundan tashqari, tahliliy salohiyatni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.
👉SanepidRC 👈



