Toshkent Botanika bog‘ida ekologiya va atrof-muhit gigiyenasi bo‘yicha ko‘chma mashg‘ulot o‘tkazildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi kursantlari uchun ekologiya va atrof-muhit gigiyenasi moduli doirasida amaliyot Toshkent Botanika bog‘ida tashkil etildi.
Bugun dunyo miqyosida boshlangan o‘nlab global muammolar — iqlim o‘zgarishi, atmosfera havosining ifloslanishi, sayyoramiz haroratining ko‘tarilib borishi, quruqchilik, bularning barcha-barchasi negizida bitta narsa, u ham asrlar davomida insoniyatning tabiatga yetkazib kelayotgan zararlari hosilasi hisoblanadi.
Botanika bog‘i ilmiy xodimi sistematika uchastkasi rahbari Fotima Primova kursantlarga yashil hududlarning ahamiyati, ayniqsa:
havo tarkibini tozalashda,
kislorod balansi va mikroklimatni yaxshilashda,
odamlarda stress va charchoqni kamaytirishda,
shahar muhitining ekologik barqarorligini ta’minlashda daraxtlarning beqiyos o‘rni haqida tushuntirib berdi.
‼️U daraxtlarning turiga qarab allergenlik darajasi, changlanish davri, ularning salomatlikka ijobiy ta’siri haqida ham amaliy misollar bilan ma’lumot berdi.
Kursantlar quyidagi yo‘nalishlarda bilim va tajribasini oshirdilar:
📌ekologik tizimlar va ularning barqarorligi;
📌Botanika bog‘ining milliy florani asrashdagi o‘rni;
📌yashil hududlarning sanitar-gigiyenik ahamiyati;
📌shahar havo sifatini yaxshilashda o‘simliklarning roli.
Mashg‘ulot davomida ular allergen o‘simliklarni aniqlash, ekologik xavf omillarini baholash, o‘simlik turlarining xususiyatlarini solishtirish kabi amaliyotlar bilan ham tanishdilar.
Ekologiya va atrof-muhit gigiyenasi modul bo‘yicha ma’ruzani Markazning katta o‘qituvchisi Feruza Xakimova o‘qidi. U atrof-muhit gigiyenasini baholash usullari, ekologik monitoringning dolzarbligi va zamonaviy yondashuvlar haqida tushuntirb o‘tdi.
Toshkent Botanika bog‘i tabiiy laboratoriya sifatida xizmat qilib, kursantlarning bilim va amaliyotlarini yanada boyitishga katta hissa qo‘shadi.
👉SanepidRC👈



