“Parazitar kasalliklar laborator diagnostikasi” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kursi davom etmoqda

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazining “Parazitar kasalliklar laborator diagnostikasi” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kursi Sanepidqo‘mitaning parazitologiya laboratoriyasida o‘tkazildi.

Dars mashg‘ulotlarini pedagog Ra’no Ikromova olib bordi. Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar parazitar kasalliklarning turlari, ularni aniqlashning zamonaviy laboratoriya usullari, mikroskopik tekshiruv metodlari hamda profilaktika choralari yuzasidan nazariy va amaliy bilimlarni egallashmoqda.

Kursning asosiy maqsadi — laboratoriya xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, parazitar kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishda samaradorlikni oshirishdan iborat.

👉SanepidRC 👈