Ko‘chma mashg‘ulot: Gazli ichimliklar ishlab chiqarish jarayoni va HACCP tizimi

“Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar” malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun gazli ichimliklar ishlab chiqarish korxonasida ko‘chma mashg‘ulot o‘tkazildi.
🎓 Mashg‘ulot davomida markaz assistenti Shaxlo Babakulova ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarini amaliy tarzda tushuntirib berdi:
1️⃣ Xomashyoni qabul qilish va nazorat qilish
2️⃣ Suvni tayyorlash
3️⃣ Sirop (shakar eritmasi) tayyorlash
4️⃣ Aromat va qo‘shimchalarni qo‘shish
5️⃣ Gaz bilan to‘yintirish (karbonizatsiya)
6️⃣ Qadoqlash
7️⃣ Markirovka va etiketka qilish
8️⃣ Saqlash va omborga joylashtirish
9️⃣ Sifat nazorati (HACCP tizimi asosida)

Mashg‘ulot maqsadi — oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda gigiyenik xavfsizlik va HACCP tizimini samarali qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashdan iborat.

👉SanepidRC👈