“Biologik xavfsizlik va biologik himoya” mavzusida malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Loyihalar xizmatlari boshqarmasi (UNOPS) hamkorligida tashkil etilgan ushbu 5️⃣ kunlik “Biologik xavfsizlik va biologik himoya” mavzusida malaka oshirish kurslarida Sanepidqo‘mitaning Jizzax va Samarqand viloyatlari boshqarma va boʼlimlari mutaxassislari ishtirok etdi.
Interfaol usulda olib borilgan kurs davomida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi mutaxassislari N.Qarshiyeva va G.Radjapbayeva, shuningdek, soha mutaxassislari M.Madaminov va I.Zaitov tomonidan ma’ruzalar o‘qildi.
Mashg‘ulotlarda ishtirokchilar bioxavfsizlik, biohimoya, xavflarni boshqarish va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini oshirishdi.
Ishtirokchilar Sanepidqo‘mitaning Virusologiya laboratoriyasi faoliyati bilan ham tanishdilar. Laboratoriya xodimi I.Zaitov tomonidan bioxavfsizlikni nazorat qilish choralari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Kurs yakunida Sanepidqo‘mitaning Jizzax va Samarqand viloyatlari boshqarma va bolimlaridan qatnashgan mutaxassislarga sertifikatlar taqdim etildi.
Sanepidqo‘mitaning Buxoro va Navoiy viloyatlari boshqarma va bo`limlaridan mutaxassislari uchun navbatdagi malaka oshirish kurslari boshlandi.
👉SanepidRC 👈



