Sanitariya mikrobiologiyasi moduli bo‘yicha ko‘chma mashg‘ulot

Sanepidqo‘mita Chilonzor tumani bo‘limi laboratoriyasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi Bakteriologiya yo‘nalishi tinglovchilari uchun navbatdagi amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Laboratoriya mudiri, o‘qituvchi Zulfizar Xolyorova tinglovchilarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi:
- Sanitar mikrobiologiya asoslari
- Ichimlik suvi va ochiq suv havzalarini mikrobiologik tekshirish
- Tuproq mikroflorasi va tuproqni tekshirish usullari
- Spora hosil qiluvchi va galofil vibrionlarni aniqlash
- Oziq-ovqat mahsulotlarini mikrobiologik tekshirish asoslari.
Tinglovchilar laboratoriya sharoitida amaliy bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.



