«Yuqumli kasalliklar epidemiologiya bo‘yicha» 4-bosqich Training of Trainers (ToT) kursi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda O‘zbekistonda kasallik yukini kamaytirish va yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tizimini takomillashtirish maqsadida KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida «Yuqumli kasalliklar epidemiologiya bo‘yicha» 4-bosqich Training of Trainers (ToT) kursi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

Sanepidqo‘mita va Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi xodimlari ishtirok etishdi.

Interaktiv tarzda o‘tgan seminar-treningda kasalliklar yuklamasi to‘g‘risidagi mavzular taqdimot orqali tushuntirilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
5 kunlik seminarda professor Kim Myong Song tomonidan kasalliklar holati va tarqalishining ko‘rsatkichlarini tanlash va izohlash bo‘yicha batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈