“Biologik xavfsizlik va biologik himoya” mavzusida malaka oshirish kurslari

Poytaxtimizda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Loyihalar xizmatlari boshqarmasi (UNOPS) hamkorligida “Biologik xavfsizlik va biologik himoya” mavzusidagi 5️⃣ kunlik malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tdi.
Kurslarda Sanepidqo‘mitaning Andijon va Farg‘ona viloyat boshqarmalarining mutaxassislari ishtirok etib, bioxavfsizlik, biohimoya, xavflarni boshqarish va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini oshirishdi.
Sanepidqo‘mita mutaxassislari N.Qarshiyeva, G.Radjapbayeva, shuningdek, soha mutaxassislari – M.Madaminov, I.Zaitovlarning ma’ruzalari tinglandi. Ularda biologik xavf darajalari, bioxavfsizlik tamoyillari hamda xavfli infeksiyalarga to‘xtalib o‘tildi.
Kurs davomida ishtirokchilar Sanepidqo‘mitaning Virusologiya laboratoriyasi faoliyati bilan ham tanishib, laboratoriya xodimi I.Zaitov tomonidan bioxavfsizlikni nazorat qilish choralari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Yakunda Andijon va Farg‘ona viloyatlaridan qatnashgan mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi.
Bugun Sanepidqo‘mitaning Namangan va Sirdaryo viloyat boshqarmalarining mutaxassislari uchun navbatdagi malaka oshirish kurslari boshlandi.
👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈