Sanepidqo‘mita Andijon va Farg‘ona viloyati boshqarmalarining mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslari

Bugun poytaxtimizda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Loyihalar xizmatlari boshqarmasi (UNOPS) hamkorligida tashkil etilgan Sanepidqo‘mita Andijon va Farg‘ona viloyati boshqarmalarining mutaxassislari uchun “Biologik xavfsizlik va biologik himoya” mavzusidagi malaka oshirish kurslari boshlandi.

Tadbirni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi direktori o‘rinbosari I.Ulugnazarova, UNOPS mutaxassisi D.Rustamov va markazning Xalqaro tajribani o‘rganish, o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga zamonaviy ilmiy-metodikani tatbiq etish bo‘limi boshlig‘i D.Kuziyeva ochib berib, biologik xavflar va yuqumli kasalliklar bugungi kunda barcha mamlakatlar uchun jiddiy muammo ekanini ta’kidlab, mazkur kursda olinayotgan bilim va tajribalar ishtirokchilarning amaliy faoliyatida mustahkam zamin yaratishi hamda aholi salomatligini muhofazada muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tishdi.

Besh kunlik malaka oshirish kurslari dunyo standartlari va ilg‘or tajribalar asosida malaka oshirish imkoniyatini yaratib, hududlardan tashrif buyurgan epidemiologlar va yuqumli kasalliklar bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun yangi bilim va amaliy ko‘nikmalar manbai bo‘lib xizmat qiladi.

👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈