“Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar” mavzusida davra suhbati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori va 2025-yil 18-apreldagi “Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi tizimini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish, Alimentarius Kodeksi standartlarini keng joriy etish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi xalqaro hamkorlar bilan “Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar” (144 soat) malaka oshirish kursi dasturi ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

‼️Bugun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida “Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar” mavzusida kontentlar yaratish uchun tashkil etilgan davra suhbatida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Toshkent kimyo-texnologiya institutining professor-pedagoglari va mas’ul mutaxassislari ishtirok etdi.

🔹Davra suhbatini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi direktori o‘rinbosari I.Ulugnazarova ochib berib, o‘quv dasturining maqsadiga to‘xtalib o‘tdi. Kelgusida “Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar” (144 soat) malaka oshirish kursi, o‘quv darslari talablari bo‘yicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, davra suhbati davomida ishtirokchilar uchun Markazning Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i E.Suyunova tomonidan «Pedagogning kasbiy professionalligini oshirish bo‘yicha» mahorat darsi o‘tkazildi.

SanepidRC