Laboratoriya rahbarlarini tayyorlash qo‘llab-quvvatlanmoqda

Poytaxtimizda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi va  JSST tomonidan “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uchun global dasturi” (GLLP) doirasida “Tipik laboratoriya tizimining umumiy ko‘rinishi”, “Laboratoriya tizimining asosiy elementlari”, “Yuqumli kasalliklar bo‘yicha amaliy tadqiqotlar”, “Laboratoriya tizimini rivojlantirish: istiqbollari” va “Yagona salomatlik asoslari” modullari bo‘yicha 5 kunlik seminar-trening tashkil etildi.

Hozirgi kunda Markazimiz tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ko‘magi asosida muhim loyiha amalga oshirilayotgan laboratoriya yetakchilari uchun GLLP loyihasi sog‘liqni saqlash, veterinariya va o‘simliklar himoyasi sohalaridagi laboratoriyaning xodimlarini birlashtirdi, – deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi direktori O‘ral Shukurov. – Mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayonida laboratoriya xizmatlari sifatini yaxshilash va mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Bunda sifatli laboratoriya tahlillarini o‘tkazish orqali mahalliy eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlash va eksport salohiyatni oshirish, mahalliy mahsulotlarning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini kuchaytirish mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirib, tashqi bozordagi mavqeimizni mustahkamlashga imkon beradi. Navbatdagi boshqaruv va liderlik ko‘nikmalari, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik yuzasidan treninglarni ham yuqori darajada tashkil etamiz. Asosiy maqsadimiz — kadrlar salohiyatini oshirish orqali milliy laboratoriya tizimini takomillashtirish. JSST va boshqa hamkorlar bilan hamkorlikda bu sohada katta yutuqlarga erishishimizga ishonamiz.

Seminar davomida ishtirokchilar amaliy mashg‘ulotlar, interfaol seminarlar va shaxsiy murabbiylik jarayonlarida qatnashdilar. Bu ularga o‘z sohalarida eng yaxshi amaliyotlar va innovatsion yechimlarni hayotga tatbiq etish imkoniyatini yaratadi.

– GLLP dasturi inson salomatligi-hayvon salomatligi-atrof-muhit muhofazasi bo‘lgan uchta alohida tizimni bitta yagona nuqtaga birlashtirishni maqsad qilib olgan, – deydi Sanepidqo‘mita Navoiy viloyat boshqarmasi Karmana tuman bo‘limi sanitariya-gigiyena laboratoriyasi vrach-laboranti Dilobar Yusupova. –Ushbu treninglar davomida ishtirokchilar «Laboratoriyalarning yagona tizim»da birlashishining muhim va dolzarbligi zamonaviy interfaol usullari orqali bilim berildi. Trening davomida olingan bilimlarimizni kelgusida har bir ishtirokchilar o‘z sohalarida qo‘llanilganda ko‘zlangan maqsadga erishish mumkinligini anglab yetdik.
Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈