“Epidemiologiya” yo‘nalishida sayyor sikl yakunlandi

Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati boshqarmasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan “Epidemiologiya” yo‘nalishida 1 oylik (144 soatlik) sayyor malaka oshirish kurslari tashkil etilgan edi.

Sayyor sikl yakunlariga ko‘ra malaka oshirish kurslarida ishtirok etgan soha xodimlarining 1 oy davomida olgan bilim va tajribalari sinash maqsadida yakuniy test sinovlari va og‘zaki imtihonlar o‘tkazildi.

Mutaxassislar imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishdi hamda ularga malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar taqdim etildi.