JSST tomonidan O‘zbekistonda laboratoriya rahbarlarini tayyorlash qo‘llab-quvvatlanmoqda

Bugun poytaxtimizda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uchun global dasturi” (GLLP) doirasida “Tipik laboratoriya tizimining umumiy ko‘rinishi”, “Laboratoriya tizimining asosiy elementlari”, “Yuqumli kasalliklar bo‘yicha amaliy tadqiqotlar”, “Laboratoriya tizimini rivojlantirish: istiqbollari” va “Yagona salomatlik asoslari” modullari bo‘yicha seminar-trening o‘z ishini boshladi.
Seminar-trening avvalida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi direktori O‘ral Shukurov O‘zbekistonda jamoat salomatligiga xavf soluvchi favqulodda holatlarda tezkor harakat qilish maqsadida milliy laboratoriyalar faoliyatini xalqaro standartlarga moslashtirishga qaratilgan loyiha amalga oshirilayotgani va buning natijasida xalqaro hamkorlar bilan “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uchun global dasturi” (GLLP) ishlab chiqilgani hamda dasturning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.
Seminar davomida ishtirokchilar amaliy mashg‘ulotlar, interfaol seminarlar va shaxsiy murabbiylik jarayonlarida qatnashadilar. Bu ularga o‘z sohalarida eng yaxshi amaliyotlar va innovatsion yechimlarni hayotga tatbiq etish imkoniyatini yaratadi.
Eslatib o‘tamiz 5 kunlik seminar ertaga ham o‘z ishini davom ettiradi.
👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈