«O‘zbekistonda kasallik yukini kamaytirish bo‘yicha yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tizimini takomillashtirish loyihasi»

«O‘zbekistonda kasallik yukini kamaytirish bo‘yicha yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tizimini takomillashtirish loyihasi» doirasida o‘tkazilgan 5 kunlik seminar-trening o‘z yakuniga yetdi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda KOICA tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan “Ilmiy tadqiqot va rivojlanish salohiyatini oshirish bo‘yicha” 2-seminar-trening davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, dolzarb mavzularda nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashdi.
Tadbirda Sanepidqo‘mita, uning hududiy boshqarmalari hamda yuqoridagi markaz xodimlari faol qatnashdi.
Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Mazkur hamkorlikdagi loyiha kasalliklar yukini kamaytirish va sog‘liqni saqlash tizimi salohiyatini oshirishga qaratilgan muhim qadamlardan biridir.
👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈