Sog‘liqni saqlash statistikasi bo‘yicha 2-bosqich ToT kursi

Avval xabar berganimizdek, sog‘liqni saqlash statistikasi bo‘yicha 2-bosqich ToT o‘z ishini davom ettirmoqda.

O‘zbekistonda kasallik yukini kamaytirish va yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tizimini takomillashtirish maqsadida KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida sog‘liqni saqlash statistikasi bo‘yicha 2-bosqich «Training of Trainers» (ToT) kursi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

2025-yil 30-iyun kuni boshlangan ushbu trening bugun 3-kuni davom etmoqda.

Trening sog‘liqni saqlash sohasida axborotlarni tahlil qilish, statistikani to‘g‘ri yuritish va tahliliy salohiyatni oshirishga qaratilgan.

Quyida jarayondan fotolavhalar:

👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈