Yuqumli kasalliklar bo‘yicha trening yakunlandi: xalqaro hamkorlik, muhim tajribalar

Avval xabar berilganidek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda KOICA tashkiloti bilan hamkorlikda «O‘zbekistonda kasallik yukini kamaytirish bo‘yicha yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tizimini takomillashtirish loyihasi» doirasida “Yuqumli kasalliklar epidemiologiyasi ikkinchi bosqich TOT» seminar-trening yakunlandi.
Unda Sanepidqo‘mita, OITSga qarshi kurashish markazi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi, Virusologiya ITI, RIEMYuPKIATM, Toshkent davlat tibbiyot universiteti xodimlari ishtirok etishdi.
Treningni navbatdagi “Yirik mamlakatlardagi karantin operatsiyalarning holati” ochiq ma’ruzasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi kursantlari ham qatnashdi.
Seminar-trening avvalida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi direktori O‘.Shukurov KOICA tashkiloti bilan hamkorlikda boshlangan tadbir o‘zaro tajriba almashish imkonini berishini ta’kidlab, Milliy saraton markazi Oliy muassasasi, Saratonni boshqarish kafedrasi professori Kim Myong Songga minnatdorchilik bildirib o‘tdi. Tashkilotchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
4 kun davom etgan seminаr so‘nggida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
👉SanepidRC (https://t.me/sanepidrc)👈



