«Yuqumli kasalliklar epidemiologiyasi ikkinchi bosqich TOT» seminar-trening

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda KOICA tashkiloti bilan hamkorlikda «O‘zbekistonda kasallik yukini kamaytirish bo‘yicha yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tizimini takomillashtirish loyihasi» doirasida “Yuqumli kasalliklar epidemiologiyasi ikkinchi bosqich TOT» seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Sanepidqo‘mita, OITSga qarshi kurashish markazi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi, Virusologiya ITI, RIEMYuPKIATM, Toshkent davlat tibbiyot universiteti xodimlari ishtirok etmoqda.
Tadbir avvalida KOICA tashkiloti bilan hamkorlikda boshlangan tadbir o‘zaro tajriba almashish imkonini berishi ta’kidlab o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz 4 kunlik seminar ertaga ham o‘z ishini davom ettiradi.
👉SanepidRC 👈