Kasalliklar bo‘yicha epidemiologik nazoratda laboratoriyaning roli

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi bilan hamkorlikda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uchun global dasturi” doirasida “Kasalliklar bo‘yicha epidemiologik nazoratda laboratoriyaning roli” moduli bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi.

Fasilitatorlar – S.Djemilyeva va R.Ibragimov “Epidemiologik nazorat tamoyillari” va “Epidemik chaqnashlarni surishtirish” modullarida ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

Seminarda tinglovchilar “Epidnadzor turlari”, “Epidemiologik surishtiruv bosqichlari”, “O‘zbekistonda amaliy epidnazorat tizimi” hamda “Epidemiologik nazorat va epidemik holatlarga javob choralarini tashkil etish” bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar.

Treningni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga sertifikat topshirildi.

👉SanepidRC 👈