“Laboratoriya yetakchilari/rahbarlari uchun global dasturi” doirasida kommunikatsiya bo‘yicha trening

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida “Laboratoriya yetakchilari/rahbarlari uchun global dasturi” doirasida kommunikatsiya bo‘yicha trening bo‘lib o‘tmoqda.

Treningni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi direktori O’.Shukurov ochib berdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining texnik ko‘magi asosida O‘zbekistonda milliy laboratoriyalar faoliyatini xalqaro standartlarga moslashtirishga qaratilgan loyiha amalga oshirilib, inson salomatligi, hayvonlar sog‘lig‘i va atrof-muhit sektorlari laboratoriyalari liderlariga mentorlik yordamini ko‘rsatish Global o‘quv dasturi (GLLP) joriy etilgani, dastur bo‘yicha laboratoriya liderlariga buguni kungacha ikkita yo‘nalishda treninglar o‘tkazilganini aytib o‘tdi.
Seminar-trening davomida Sanepidqo‘mita Axborot xizmati rahbari M.Saidova tomonidan “Rahbar kadrlarning samarali muloqoti va OAV bilan hamkorlik ko’nikmasi”, “Axborot siyosati va uning mazmun mohiyati” va “Tashkilot imidjini yaratishda OAVning o’rni” mavzularida ma’ruzalar tinglandi, amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-2026-yillar mobaynida davom etadigan mazkur dasturda ishtirokchilari to‘qqizta – boshqaruv, kommunikatsiya, bioxavfsizlik va biohimoya, sifatni boshqarish tizimi, rahbarlik-liderlik, kasalliklarni kuzatish va epidemik holatni tekshirish, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik, ilmiy tadqiqot hamda laboratoriyalar tizimi kompetensiyalarini to‘liq o‘zlashtirishadi, shuningdek, dissertatsiya yozishadi.