18 may – Xalqaro muzeylar kuni

18-may kuni butun dunyoda Xalqaro muzeylar kuni nishonlanadi. Sana munosabati bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi xodimlari va tinglovchilari poytaxtimizdagi muzeylarga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida tinglovchilar muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishishdi. Milliy va jahon madaniy-tarixiy merosiga oid qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, ekskursiya davomida muzey faoliyati, eksponatlar haqida ma’lumotlar berildi.

👉SanepidRC👈