Mintaqaviy trening o‘z ishini boshladi

Bugun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida laboratoriyalar mutaxassislari uchun “Laboratoriyalarni akkreditatsiyalash va o‘lchov natijalarining metrologik kuzatuvchanligini ta’minlash asoslari” mavzusida mintaqaviy trening o‘z ishini boshladi.
Tadbirni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi direktori v.v.b O‘rol Shukurov, UNOPS tashkilotining Jamoat sog‘lig`ini saqlash bo‘yicha bosh mutaxassis Dilmurod Rustamov, Sanepidqo‘mita Milliy referens laboratoriya mudiri Mavluda Shamsutdinova ochib berdi.
Trening UNOPS tashkiloti va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan laboratoriya jamoalarini metrologik kuzatuvchanlikni ta’minlash, kalibrovka, uskunalarni verifikatsiya qilish, o‘lchash noaniqliklarini baholash, metodlarni validatsiya va verifikatsiya qilish hamda xalqaro ILAC standartlariga muvofiq qaror qabul qilish qoidalari asosida sinov hisobotlarini tayyorlash kabi zarur bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Joriy yilning 12-16 may kunlari bo‘lib o‘tadigan trening yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirilishi ko‘zda tutilgan.
👉SanepidRC👈