9-may — Xotira va qadrlash kuni

Respublikamizda 9-may “Xotira va qadrlash kuni” katta tantanalar bilan nishonlanadi. Tashkilot va korxonalarda yoshi ulug’larni e’zozlash, o‘tganlar ruhini e’zozlash maqsadida turli tadbirlar o‘tkazib kelinadi. Soha fidoyilarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida Kasaba uyushmasi tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Sanepidqo‘mita, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi rahbariyati va xodimlari, sanitariya-epidemiologiya sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilgan nuroniylar, sohaga munosib hissa qo‘shgan xodimlar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirni Qo‘mita raisi Bahodir Yusupaliyev ochib berdi. U o‘z so‘zida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan ajdodlarimiz xotirasi yodga olinayotgani, ularning salomatlikni saqlash yo‘lida ko‘rsatgan mehnatlari yuksak qadrlanayotganini ta’kidladi.
Ko‘p yillik mehnati bilan soha rivojiga hissa qo‘shgan faxriylarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ular o‘z navbatida tashkilotchilarga chuqur minnatdorchilik bildirishdi.
SanepidRC